Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«MYU» ham Romeroni qo‘lga kiritmoqchi

«MYU» ham Romeroni qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» markaziy himoyachisi va sardori Kristian Romeroning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda. Caught Offside nashrining xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Manbaning ta’kidlashicha, London klubi Romeroning ehtimoliy transferini 60–65 million yevroga baholamoqda. Argentinalik himoyachining vaziyatini Madridning «Atletiko» va «Real» klublari ham diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Joriy mavsumda Romero barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:23, 21.04.2026.
O'qildi: 1551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик