Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kivu «Inter»ning muvaffaqiyat sirini ochiqladi

Kivu «Inter»ning muvaffaqiyat sirini ochiqladi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoaning joriy mavsumda ichki arenadagi muvaffaqiyatli ishtiroki omillari haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Neradzurrilar» mavsumni «oltin dubl» bilan yakunlashga yaqin turibdi. Seshanba kuni milanliklar o‘z maydonida «Komo» ustidan g‘alaba qozonib (javob uchrashuvida 3:2), Italiya kubogi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Kivu jamoadagi muhitga alohida to‘xtaldi:

«Bizning sirimiz — jamoaviy birdamlikda, klub va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashida. Hamma o‘ziga bo‘lgan ishonch qanchalik muhimligini tushunib turibdi. Futbolchilarimiz bu muvaffaqiyatga loyiq: ular ko‘p yillardan buyon yuqori cho‘qqida qolishmoqda, lekin hamon tinimsiz mehnat qilishda va o‘z orzulari sari intilishda davom etishyapti», — dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, A Seriyada chempionlik masalasi yaqin vaqt ichida hal bo‘lishi mumkin. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Inter» chempionat tugashiga besh tur qolganda ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turgan «Milan» va «Napoli»dan 12 ochkoga o‘zib ketgan.

Kiritildi: 11:33, 22.04.2026.
O'qildi: 289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик