Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kroos «Real» mavzusini butunlay yopishini ma’lum qildi

Kroos «Real» mavzusini butunlay yopishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos sobiq jamoasidagi joriy holat va Kilian Mbappe borasidagi savollarga keskin tarzda javob berishdan bosh tortdi. Bu haqda Madrid Xtra nashri xabar bermoqda.

Suhbat davomida jurnalist germaniyalik sobiq futbolchining «qirollik klubi» va Mbappe haqidagi fikri bilan qiziqqan, biroq Kroos mavzuni o‘zgartirishni talab qilgan.

«Eshiting, biz suhbatni hoziroq tugatishimiz mumkin. Men endi «Real» haqidagi savollarga javob bermayman. Agar ish yuzasidan savolingiz bo‘lsa — bering. Agar yo‘q bo‘lsa, shu joyda to‘xtashimiz mumkin», — dedi Kroos.

OAV vakili «Madridda odamlar hali ham siz haqingizda gapirayotgani siz uchun nimani anglatadi?» deb qayta urinib ko‘rgan. Kroos esa bunga javoban: «Do‘stim, bu «Real» haqidagi savol-ku. Meni eshitmadingizmi?» deya munosabat bildirgan.

Jurnalist o‘z savolini «Bu yerda gap umuman futbol haqida ketmoqda, «Real» haqida emas», deb xaspo‘shlashga uringanida, Kroos suhbatni qisqa qildi: «Bu savolni berish orqali siz «Real»dagi vaziyatni nazarda tutayapsiz. Men ahmoq emasman».

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni «qaymoqranglilar» o‘z maydonida «Alaves» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Toni Kroos esa o‘tgan mavsum yakunida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Kiritildi: 12:07, 22.04.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик