Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Mbappe Gyuler haqida: «Mening kichik ukam»

Mbappe Gyuler haqida: «Mening kichik ukam»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasi doirasida kechgan navbatdagi uchrashuvda «Alaves» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb 30-daqiqada hisobni ochgan Kilian Mbappe topildi.

Bahs yakunlangach, fransiyalik yulduz o‘ziga golli uzatmani amalga oshirgan turkiyalik iqtidor sohibi Arda Gyulerga alohida minnatdorchilik bildirdi.

«Mening kichik ukam», — deya Mbappe ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Gyuler bilan birga tushgan suratini joylashtirdi.

Madridliklarning ikkinchi goliga 50-daqiqada Vinisius Junior mualliflik qildi. Mehmonlar o‘zlarining yagona javob to‘pini uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan vaqtda kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe ayni damda 24 ta gol bilan La Liga to‘purarlar poygasida yakkapeshqadamlik qilmoqda. Arda Gyuler esa 9 ta golli uzatma bilan chempionat assistentlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:00, 22.04.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик