Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa: «Maqsadimiz — qolgan 6 ta o‘yinda g‘alaba qozonish, lekin hammasi ham bizga bog‘liq emas»

Arbeloa: «Maqsadimiz — qolgan 6 ta o‘yinda g‘alaba qozonish, lekin hammasi ham bizga bog‘liq emas»

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoasining joriy mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.

«La Ligadagi g‘alabami? Bizning maqsadimiz — «Barselona»ning natijalaridan qat’i nazar, qolgan barcha oltita o‘yinda g‘alaba qozonish. Biz bor e’tiborimizni har bir uchrashuvda zafar quchishga qaratganmiz, biroq chempionlik taqdiri faqat bizning qo‘limizda emas», — dedi Arbeloa.

Ayni damda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 73 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Madrid klubi peshqadam «Barselona»dan to‘qqiz ochkoga ortda qolmoqda. Ertaga, 24 aprel kuni «qaymoqranglilar» «Betis»ga qarshi maydonga tushishadi. Bundan tashqari, jamoalarni 10 may kuni o‘zaro to‘qnashuv (El-Klasiko) kutib turibdi.

Kiritildi: 13:55, 23.04.2026.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик