Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Real» o‘z tarbiyalanuvchisini sotishga qaror qildi

«Real» o‘z tarbiyalanuvchisini sotishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio shu yozda sotib yuborilishi mumkin. «Qirollik klubi» 23 yoshli o‘z tarbiyalanuvchisiga endilikda ishonch bildirmayapti va bo‘lajak transfer oynasida u bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda El Mundo nashriga tayanib Transfer News Live xabar bermoqda.

Ispaniyalik futbolchining o‘zi esa jamoadan ketishni istamayapti. Raul Asensioning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan.

Joriy mavsumda himoyachi «qaymoqranglilar» safida barcha musobaqalarda jami 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda bitta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 09:59, 24.04.2026.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик