Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Benzema «Real»ni keskin tanqid qildi: «Murabbiyni almashtirish bilan muammo hal bo‘lmaydi»

Benzema «Real»ni keskin tanqid qildi: «Murabbiyni almashtirish bilan muammo hal bo‘lmaydi»

Baho:
+3 | -

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Karim Benzema Ispaniya klubidagi hozirgi holat haqida gapirdi va «PSJ» jamoasiga o‘z bahosini berdi.

«Hozirgi paytda «PSJ» dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Qog‘ozda ularga «Real»dagidek yulduzlar kuchi yetishmayotgandek tuyulishi mumkin, lekin ular haqiqiy jamoa sifatida ishlashmoqda. Zaxiradan maydonga tushadigan o‘yinchilar ko‘pincha asosiy tarkib futbolchilaridan ko‘ra ko‘proq ta’sir o‘tkazishmoqda», — dedi Benzema dunyoning eng yirik ijtimoiy tarmoqlaridan biridagi jonli efir vaqtida.

«U yerda ulkan «ego» (manmanlik) yo‘qligi sababli futbolchilar erkinroq harakat qilishmoqda. Hujumga o‘tayotgan futbolchi bor kuchini beradi va jamoadagi boshqalar ham xuddi shunday qattiq mehnat qilishadi. «Real»da esa hammasi murakkab. U jamoa sifatida ishlamayapti, o‘zaro muloqot yetishmayapti. Xohlasangiz murabbiyni almashtiring, lekin asosiy muammo yo‘qolmaydi», — deya ta’kidladi fransiyalik yulduz.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Benzema Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 17:37, 24.04.2026.
O'qildi: 1406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик