Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

AS: Mourinyo «Benfika»dan «Real» uchun ketishi mumkin, shartnomada maxsus band bor

AS: Mourinyo «Benfika»dan «Real» uchun ketishi mumkin, shartnomada maxsus band bor

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo yana «Real» bosh murabbiyligiga qaytishga tayyor. Bu haqda juma kuni AS nashri sahifalarida e’lon qilingan maqolada aytib o‘tildi.

«Mourinyoning o‘zi «Real»ga qaytish g‘oyasiga ijobiy qaraydi. Hozirda u bor e’tiborini «Benfika»ga qaratgan, biroq Madriddan bo‘ladigan qo‘ng‘iroq hamma narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin», — deyiladi materialda.

Manbaning qayd etishicha, Mourinyoning «Benfika» bilan shartnomasida maxsus band bor: unga ko‘ra, murabbiy mavsumning so‘nggi o‘yinidan keyingi 10 kun ichida klubni tekinga tark etishi mumkin. Agar «Real» biroz kechroq murojaat qilsa ham, bu katta muammo tug‘dirmaydi, chunki tovon puli ramziy miqdorda belgilangan.

Joze Mourinyo 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. 2011/2012 yilgi mavsumda «qaymoqranglilar» La Ligada 121 ta gol urishgan edi. Ushbu rekord hozirgacha yangilanmay kelmoqda.

Kiritildi: 18:44, 24.04.2026.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик