Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya»da Noyerning kelajagi borasida shubha qolmadi

«Bavariya»da Noyerning kelajagi borasida shubha qolmadi

Baho:
+1 | -

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer klub bilan shartnomasini uzaytirishga tobora yaqinlashmoqda. 40 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi, bu haqda turli manbalar xabar bermoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, Myunxen klubi rahbariyatida hech qanday shubha qolmagan: klub sardor yangi shartnomaga qo‘l qo‘yishiga va yana bir mavsum jamoada qolishiga ishonmoqda. Kelishuv amalga oshgani haqida yaqin orada rasman e’lon qilinishi mumkin.

Manuel Noyer 2011 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda Vensan Kompani jamoasining barcha turnirlardagi 34 ta o‘yinida ishtirok etgan darvozabon o‘z darvozasidan 33 ta to‘p olib chiqdi va 11 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 08:42, 25.04.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик