Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletik Bilbao» yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Atletik Bilbao» yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubidagi faoliyati bilan tanilgan 43 yoshli mutaxassis Edin Terzich Ispaniya La Ligasida ish boshlaydi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik murabbiyning yangi ish joyi Bilbaoning «Atletik» klubi bo‘ladi. Tomonlar muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazishdi va 2028 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolashga kelishib oldilar.

Avvalroq, Ernesto Valverde 2025/2026 yilgi mavsum yakunida Bilbao jamoasi bosh murabbiyligini tark etishi ma’lum bo‘lgan edi.

La Liganing joriy mavsumida «Atletik» 41 ochko bilan turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:33, 25.04.2026.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик