Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tananing o‘z chegarasi bor»: Rodri futbolchilarning haddan tashqari ko‘p o‘yin o‘tkazayotganini tanqid qildi

«Tananing o‘z chegarasi bor»: Rodri futbolchilarning haddan tashqari ko‘p o‘yin o‘tkazayotganini tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri hozirgi futbol taqvimini keskin tanqid qildi. U DAZN efiridagi «Premier Corner» ko‘rsatuvida ishtirok etib, ushbu mavzu bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashdi.

«Biz g‘alaba qozongan Yevropa chempionati yakunlanganida, men ruhan va jismonan butunlay charchagan edim. Bu menga jismoniy holatdan ko‘ra ko‘proq mental tomonlama zarba berdi — mutlaq toliqishni hisobga olgan holda, oldinda meni nimalar kutayotganini tasavvur ham qila olmasdim. Yoki men to‘xtashim kerak, yoki 32 yoshgacha futbolda "yashay olmayman". Tananing o‘z chegarasi bor, barchamizning yaroqlilik muddatimiz mavjud», — dedi Rodri.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning sentyabrida Rodri o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lamlarini uzib olgan va bu jarohat uni 2024/25 yilgi mavsumning deyarli barcha qismidan mahrum qilgan edi. O‘sha yili «Oltin to‘p»ni topshirish marosimiga futbolchi qo‘ltiqtayoqda kelgandi.

Kiritildi: 18:48, 25.04.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик