Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi»ning yangi murabbiyida lisenziya yo‘q

«Chelsi»ning yangi murabbiyida lisenziya yo‘q

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Kalum Makfarlen Premyer-liga darajasida bosh murabbiy bo‘lib ishlash uchun zarur bo‘lgan UEFA Pro lisenziyasiga ega emasligini tan oldi.

40 yoshli mutaxassis joriy mavsumda ikkinchi bor «Chelsi»da murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi — Liam Rosenyor ishdan bo‘shatilgach, uning yordamiga yana ehtiyoj tug‘ildi.

«Menda Pro lisenziyasi yo‘q, lekin o‘tgan safar bu hech qanday xalaqit bermagan edi. Yigitlar menga ishonishadi, biz «Lids»ga qarshi o‘yinda o‘zimizni eng yaxshi tomondan ko‘rsatishga tayyormiz», — deya Makfarlenning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Angliya Kubogi yarim finali doirasidagi «Chelsi» va «Lids» o‘rtasidagi uchrashuv bugun «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 07:55, 26.04.2026.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик