Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Uni sotib olishni men talab qilganman»: Xavi Rafinyaning «Barselona»ga o‘tishi tafsilotlarini ochiqladi

«Uni sotib olishni men talab qilganman»: Xavi Rafinyaning «Barselona»ga o‘tishi tafsilotlarini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes vinger Rafinya Diasning transferi qanday amalga oshgani haqida so‘zlab berdi.

«Ko‘k-anorranglilar» braziliyalik futbolchining «Lids»dan sotib olinganini 2022 yilning yozida e’lon qilishgan edi. Ushbu kelishuv o‘zini oqladi: Rafinya darrov ochilib ketmagan bo‘lsa-da, yakunda Kataloniya grandining asosiy o‘yinchisiga aylandi.

«Rafinyaning transferiga aynan men qattiq turganman. Klubga uni sotib olish bo‘yicha ko‘rsatmani men bergandim. Men uni hali «Ac-Sadd»da ishlab yurgan vaqtlarimda, u Portugaliyada o‘ynayotganidayoq o‘z jamoamda ko‘rishni istagandim. «Barselona»da Mateu Alemani va Yordi Kroyfga bu o‘yinchini albatta qo‘lga kiritishimiz shartligini aytganman. U gollar uradi, yakkama-yakka kurashlarda kuchli va bo‘sh hududlarga hujum qila oladi. Men doimo unga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga harakat qilganman», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Rafinya «Barselona» safida barcha musobaqalarda jami 175 ta o‘yinda maydonga tushib, 73 ta gol va 59 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:02, 26.04.2026.
O'qildi: 1122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик