Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot Salohning jarohati haqida: "Agar u maydonni tark etgan bo‘lsa, demak vaziyat jiddiy"

Slot Salohning jarohati haqida: "Agar u maydonni tark etgan bo‘lsa, demak vaziyat jiddiy"

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Muhammad Salohning jarohati borasida to‘xtalib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, forvard APL 34-turi doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda (3:1) shikastlangan edi.

«Yana bir g‘alaba va yana bir jarohat — bu butun mavsumimiz davomida kuzatilayotgan holat. Hozircha aniq bir gap aytish juda erta, biroq barchamiz Salohni yaxshi bilamiz va uning uchun maydonni tark etish naqadar qiyinligidan xabardormiz. Agar Saloh o‘yinni to‘xtatgan bo‘lsa, demak bu ko‘p narsadan dalolat beradi. Shunga qaramay, jarohat qanchalik jiddiy ekanini bilish uchun biroz kutishimiz kerak», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda Muhammad Saloh «Liverpul» safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:16, 26.04.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик