Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manba: Kilian Mbappening jarohati jiddiy emasligi aniq bo‘ldi

Manba: Kilian Mbappening jarohati jiddiy emasligi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun, 26 aprel kuni Fransiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan, «Real» hujumchisi Kilian Mbappe tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

L’Équipe nashri xabariga ko‘ra, ultratovush tekshiruvlari natijalariga asosan forvardda jiddiy shikast aniqlanmagan.

Mbappe La Liganing 32-turida «Betis»ga qarshi bahsda (1:1) jarohat olgan edi. 27 yoshli hujumchi 81-daqiqada almashtirildi va maydonni oqsoqlangan holda tark etdi.

Yaqin vaqt ichida futbolchining tiklanish muddati bo‘yicha taxminiy ma’lumotlar e’lon qilinadi. Forvardning kelasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Espanyol»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi hozircha istisno qilinmayapti.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 18:20, 26.04.2026.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик