Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» fanatlari rahbariyatga o‘z noroziliklarini bildirishdi

«Liverpul» fanatlari rahbariyatga o‘z noroziliklarini bildirishdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» muxlislari uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi rejalashtirilayotganidan norozi. Fanatlar o‘z e’tirozlarini Angliya Premyer-ligasi 34-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinning 13-daqiqasida qiziqarli tarzda namoyish etishdi.

«Enfild» tribunalaridagi muxlislar tepaga sariq kartochkalarni ko‘targancha, klub rahbariyatiga qarata «bizga shunisi yetarli» deya hayqirishdi.

Ma’lumot uchun, shu yilning mart oyida ingliz klubi xo‘jayinlari keyingi mavsumdan chiptalar narxi 3 foizga oshirilishini ma’lum qilishgan edi.

Ayni damda mersisaydliklar Angliya chempionati turnir jadvalida 58 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 22:54, 26.04.2026.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик