Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Yamalning o‘rinbosaridan yanada sermahsul o‘yin kutmoqda

Flik Yamalning o‘rinbosaridan yanada sermahsul o‘yin kutmoqda

Baho:
+ | -

Vinger Runi Bardji "Barselona" hujum chizig‘ida jarohat olib safdan chiqqan Lamin Yamalning o‘rnini egallamoqda. 20 yoshli futbolchi "Xetafe"ga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda (2:0) "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 60-daqiqada Markus Reshfordga almashtirildi.

Jurnalist Gabriel Sansning ma’lumotlariga ko‘ra, shvesiyalik futbolchi o‘z o‘yini uchun murabbiylar shtabidan ijobiy baho olgan: Runi uzatmalar berishdagi sovuqqonligi (100% aniq paslar) va jarima maydoniga to‘p uzatishlar soni (5 ta — jamoada eng yaxshi ko‘rsatkich) bo‘yicha maqtovga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, bosh murabbiy Xans-Diter Flik futbolchidan raqib darvozasi yaqinida yanada qat’iyatliroq harakat qilishni kutmoqda.

"Xetafe" darvozasiga gollarni Fermin Lopes va Markus Reshford kiritishdi.

Kiritildi: 09:50, 27.04.2026.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик