Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Arbeloa «Real»dagi ispaniyalik yulduzlar bilan til topisha olmayapti

Arbeloa «Real»dagi ispaniyalik yulduzlar bilan til topisha olmayapti

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa ichidagi jiddiy muammoga duch keldi. The Athletic nashrining xabar berishicha, murabbiy va jamoaning asosini tashkil etuvchi ispaniyalik futbolchilar o‘rtasida tushunmovchiliklar paydo bo‘lgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Arbeloa hatto jamoa sardori Dani Karvaxal bilan ham kelisha olmay qolgan. Bundan avvalroq esa murabbiy yarim himoyachi Dani Sebalyos bilan yuzaga kelgan nizodan so‘ng uni qaydnomadan chiqarib tashlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ichki muhitdagi notinchlik jamoaning natijalariga ham ta’sir o‘tkazmay qolmayapti. O‘tgan haftada «Real» safarda «Betis» bilan durang (1:1) o‘ynadi va natijada peshqadam «Barselona» bilan farq 11 ochkogacha kengaydi. Madridliklar navbatdagi uchrashuvni 3 may kuni «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 19:09, 27.04.2026.
O'qildi: 1502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик