Italiyaning «Milan» klubi sobiq hujumchisi Marko Simone Rafael Leauni Piter Pen deb atadi. Bu bilan u portugaliyalik futbolchining hamon ulg‘ayishni istamayotganiga sha’ma qildi.
«U markaziy hujumchi rolini uddalay olishiga ishonchim komil emas, bu pozisiyada uning imkoniyatlari cheklanib qoladi va iste’dodi behuda sarflanadi. U top-o‘yinchi bo‘lishi mumkin, ammo mening nazarimda, u abadiy Piter Pen bo‘lib qolmoqda», — deya Marko Simonening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Leau 2019 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u Fransiyaning «Lill» va Portugaliyaning «Sporting» klublarida to‘p tepgan.













