Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Mastantuono vataniga qaytishi mumkin

Mastantuono vataniga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi vingeri Franko Mastantuono Madridga ko‘chib o‘tganidan bor-yo‘g‘i bir yil o‘tib, jamoani tark etishi mumkin. Argentinalik futbolchi uchun Yevropadagi debyut mavsumi ko‘ngildagidek kechmadi: u maydonda kam ko‘rinish bermoqda, shu sababli matbuotda uning ehtimoliy ketishi haqidagi gap-so‘zlar tinmayapti.

Defensa Central nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Mastantuono hali ham «Real»ni tark etishni xohlamaydi, biroq istar-istamas «River Pleyt»ga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 18 yoshli futbolchi o‘zi uchun muntazam o‘yin amaliyoti zarurligini tushunib turibdi. «Qaymoqranglilar» Mastantuononing sotib yuborilishiga rozi bo‘lishlari amrimahol, biroq ijara bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishlari mumkin. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:38, 29.04.2026.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик