Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Luis Enrike «Bavariya» ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba haqida fikr bildirdi

Luis Enrike «Bavariya» ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» o‘z maydonida Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvida «Bavariya»ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishgan bo‘lsa-da, 58-daqiqaga kelib ustunlikni 5:2 ko‘rinishiga keltirishdi. Myunxenliklar esa bunga yana ikkita gol bilan javob qaytara olishdi. Jamoalar Chempionlar Ligasi yarim finallari tarixidagi sermahsullik rekordini yangilashdi.

«Men hatto bir kilometr ham yugurmagan bo‘lsam-da, juda charchab ketdim. Endi futbolchilarning hozirgi holatini tasavvur qilavering... Nima bo‘lganda ham, har ikkala jamoani ajoyib o‘yin bilan tabriklashimiz kerak», — dedi «Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Kelasi chorshanba kuni «PSJ» va «Bavariya» «Alyans Arena»da Chempionlar Ligasi final yo‘llanmasi taqdirini hal qilishadi.

Kiritildi: 09:46, 29.04.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик