Ispaniya La Ligasi rahbari Xavyer Tebas Joze Mourinyoning Madridning «Real» klubiga qaytishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Turli manbalarning xabar berishicha, portugaliyalik murabbiy yana «qaymoqranglilar»ni boshqarishga tayyor. Mish-mishlarga ko‘ra, madridliklar prezidenti Florentino Peres allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan.
«Mourinyo «Real»da? Joze — shoumen, u bilan doim qiziq. Uning qaytishi La Liga uchun foydali bo‘ladi», — deya Tebasning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.
Hozirda Madrid klubini yanvar oyida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan Alvaro Arbeloa boshqarmoqda. Mavsum yakunlangach, «Real»da yana murabbiy almashinuvi yuz berishi kutilmoqda.
Joze Mourinyuning «Benfika» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. U Madridda 2010 yildan 2013 yilgacha faoliyat yuritgan.













