Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Diyego Simeone «Arsenal» foydasiga belgilangan penaltidan norozi

Diyego Simeone «Arsenal» foydasiga belgilangan penaltidan norozi

Baho:
+ | -2

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda o‘z jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.

«Kanonirlar» 44-daqiqada hisobni ochishdi – Viktor Dyokeresh o‘n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. 56-daqiqada esa «matraschilar» penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi va Xulian Alvares ham adashmadi.

«Chempionlar ligasi yarim finalida penalti belgilash uchun bu shubhasiz penalti ekanligiga to‘liq ishonching komil bo‘lishi kerak. Gansko va Dyokeresh to‘qnashuvidagi kontakt menga juda kamdek tuyuldi va bu vaziyatda penalti yo‘q edi, degan taassurot qoldi», – deya Simeonening so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Javob o‘yini 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:19, 30.04.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик