«Atletiko» va «Arsenal» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi.
O‘yinning 77-daqiqasida madridliklar bosh murabbiyi Diyego Simeone rejalashtirilmagan majburiy o‘zgarishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Hujumchi Xulian Alvares Eberechi Eze bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat oldi. Alvaresning o‘rniga maydonga Aleks Baena tushirildi.
Ko‘rinishidan, Alvaresning to‘piq qismida muammo yuzaga kelgan. Ta’kidlash joizki, ushbu bahsda «Atletiko»ning goliga aynan Xulian mualliflik qilgan edi — argentinalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirgandi.













