Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Yan Oblak «Arsenal» bilan o‘yindagi penaltilar haqida: «VAR qaroridan mamnunmiz»

Yan Oblak «Arsenal» bilan o‘yindagi penaltilar haqida: «VAR qaroridan mamnunmiz»

Baho:
+ | -1

Madridning «Atletiko» klubi posboni Yan Oblak «Arsenal»ga qarshi kechgan YECHL yarim final uchrashuvida o‘z darvozasiga belgilangan ikkita penalti borasida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi penaltini Viktor Dyokeresh golga aylantirgan bo‘lsa, ikkinchisi VAR aralashuvidan so‘ng bekor qilindi.

«Penalti bekor qilinganda doim yengil tin olasan. Umid qilamanki, agar qaror o‘zgarmaganida ham, zarbani qaytargan bo‘lardim. Hakam uni bekor qilishga qaror qildi va biz bunga to‘liq qo‘shilamiz.

Birinchi bo‘limdagi penaltini qaytarishga juda yaqin kelgandim, ammo hammasini zarba kuchi hal qildi. Dyokeresh maksimal darajada kuchli zarba yo‘lladi. Endi bu — tarix. Bor e’tiborimizni dam olish kunidagi o‘yinga, keyin esa Londondagi javob bahsiga qaratamiz», — deya Oblakning so‘zlarini keltirmoqda TNT Sports.

Ma’lumot o‘rnida, jamoalar o‘rtasidagi hal qiluvchi javob uchrashuvi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:52, 30.04.2026.
O'qildi: 265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик