Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Enso Fernandes «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor: Argentinalik yulduz klub oldiga ikkita muhim shart qo‘ydi

Enso Fernandes «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor: Argentinalik yulduz klub oldiga ikkita muhim shart qo‘ydi

Baho:
+4 | -

«Chelsi» yarim himoyachisi va jamoa yetakchilaridan biri Enso Fernandes London klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga tayyor, biroq buning uchun ikkita muhim shart bajarilishini istamoqda. Bu haqda jurnalist Saymon Fillips xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, birinchi shart — yangi kelishuvga binoan futbolchining maoshi sezilarli darajada oshirilishi kerak. Ikkinchidan, Enso «Chelsi» rahbariyatidan klubning ambisiyalari uning shaxsiy maqsadlariga mos kelishi bo‘yicha kafolatlar talab qilmoqda. Xususan, argentinalik xavbek jamoaga yanada tajribali va yuqori saviyali futbolchilar taklif etilishini istaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Enso Fernandes «Chelsi» safida uch yildan beri to‘p surib kelmoqda. U londonliklar bilan birgalikda 2025 yilda UEFA Konferensiyalar ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Jahon chempionining «ko‘klar» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, klub futbolchining jamoadagi o‘rni va erishilgan natijalarni inobatga olgan holda kelishuv shartlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Kiritildi: 12:53, 30.04.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик