Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Real» himoyachining favqulodda transferini amalga oshirish niyatida

«Real» himoyachining favqulodda transferini amalga oshirish niyatida

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Eder Militaoning jarohatidan so‘ng himoya markazidagi vaziyatdan xavotirga tushgan. Kuni kecha braziliyalik himoyachi jiddiy jarohat oldi. Shu bilan birga, yozda David Alaba va Antonio Ryudigerning shartnomalari muddati tugashi sababli klubni tark etishi kutilmoqda.

«Real» rahbariyati jamoani mudofaa markazida kadrlar taqchilligi kutayotganini tushunib turibdi. Shu sababli ular himoyachining favqulodda transferini amalga oshirmoqchi. Asosiy nomzod — «Komo» sharafini himoya qilayotgan Xakobo Ramon.

Ramon «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Qaymoqranglilar» uni 2025 yilning yozida «Komo»ga berib yuborishgan va o‘yinchi tajriba to‘plab, ulg‘aygach, bir necha yildan keyin qaytarishni rejalashtirishgan edi. Biroq endi «Real» o‘z rejalarini o‘zgartirib, 21 yoshli futbolchini hoziroq qaytarishga tayyor.

Kiritildi: 16:08, 30.04.2026.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик