Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Milan" Ispaniyadan yangi yulduzni olib kelmoqchi

"Milan" Ispaniyadan yangi yulduzni olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, "Milan" klubi shu yozda "Valensiya" yarim himoyachisi Xavi Gerrani sotib olish istagini qayta tikladi.

"Rossonerilar" 2025 yilning yozida ispaniyalik iqtidorli yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun qattiq harakat qilgan edi, biroq o‘shanda "ko‘rshapalaklar" tomonidan qo‘yilgan qat’iy narx transferga to‘sqinlik qilgandi.

Shunday bo‘lsa-da, muzokaralarning qayta tiklanishi 22 yoshli futbolchini "San-Siro"ga jalb qilishi mumkin, chunki u faoliyatidagi katta chaqiriqlarni qabul qilishga tayyor ko‘rinmoqda.

"Mestalya" akademiyasi tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi. U maydonning ikkala tomonida birdek faol harakat qiladigan ajoyib yarim himoyachi bo‘lib, o‘zining yuqori shiddati, tezligi, to‘pni olib qo‘yish qobiliyati va hujumni rivojlantiruvchi paslari bilan ajralib turadi.

"Milan" shu yozda yarim himoya chizig‘ini tubdan isloh qilishni rejalashtirgan. Ruben Loftus-CHik va Yusuf Fofana kabi futbolchilarning jamoani tark etishi kutilmoqda. Shuningdek, milanliklar "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreskani erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni ham maqsad qilgan.

Kiritildi: 17:57, 30.04.2026.
O'qildi: 291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик