Konferensiyalar ligasi-2025/2026 mavsumi yarim final bosqichi ilk uchrashuvida Ispaniyaning «Rayo Valyekano» va Fransiyaning «Strasburg» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuv Madrid shahridagi «Valyekas» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin 1:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 54-daqiqada kiritildi. Isi Palasonning uzatmasidan so‘ng hujumchi Aleshandre Juravski aniq zarba yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Javob uchrashuvi 7 may kuni Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi finalda «Shaxtyor» — «Kristal Pelas» qarama-qarshiligida g‘olib chiqqan jamoa bilan to‘qnash keladi.
Konferensiyalar ligasi, yarim final
2026 yil 30 aprel, Madrid (Ispaniya), «Valyekas»
Rayo Valyekano — Strasburg — 1:0
Gol: Juravski, 54













