Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Barselona» va «Liverpul» Keniyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

«Barselona» va «Liverpul» Keniyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Liverpul» jamoalari mavsumoldi tayyorgarlik doirasida Keniya poytaxti Nayrobida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 2026 yil iyul oyida kataloniyaliklar mashg‘ulot yig‘ini uchun Birmingemga yo‘l olishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng «ko‘k-anorranglar» yo Marokashda mahalliy jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazadi, yoki Keniyada «Liverpul» bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, mavsumoldi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida «Barselona» an’anaviy Joan Gamper kubogini tashkil etadi. Ushbu musobaqa har yili klub tomonidan o‘tkaziladi va ilk bor 1966 yilda «Barselona» prezidenti Enrike Lyode tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Trofey klub asoschisi va afsonaviy prezident Joan Gamper sharafiga nomlangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:06, 01.05.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик