Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Komo» «Real»ning yana bir yosh iqtidorini qo‘lga kiritmoqchi

«Komo» «Real»ning yana bir yosh iqtidorini qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi o‘ng qanot himoyachisi Xesus Fortea «Komo»ga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Italiya klubi «qaymoqranglilar»ning yoshlar jamoasida to‘p suruvchi 19 yoshli futbolchi transferi ustida allaqachon ish boshlab yuborgan. La Liga grandi rahbariyati ushbu kelishuvga futbolchini arzonroq narxda qayta sotib olish huquqini kiritmoqchi.

Avvalroq Nikolas Pas va Xakobo Ramon ham aynan shunday sxema asosida «Komo»ga o‘tgan edi. Ular Italiyada katta muvaffaqiyatga erishishdi va endi Madridga asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida qaytishga jiddiy nomzod bo‘lib turishibdi.

Transfermarkt portali tomonidan 3 million yevroga baholangan Xesus Fortea hozircha «Real»ning asosiy jamoasida debyut qilmagan. U «Kastilya» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 09:19, 01.05.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик