«Real Madrid» futbolchilari Kilian Mbappe yetarlicha yetakchilik fazilatlarini namoyon eta olmayapti deb hisoblashmoqda, deya xabar berdi COPE jurnalisti Xuanma Kastanyo.
«Real»ning yopiq eshiklari ortida Mbappeni kutilganidek yetakchi emas deb hisoblashmoqda. U na kiyinish xonasida va na maydonda boshqa o‘yinchilar uchun sardorlik rolini bajara olmayapti. Ular Kiliandan ko‘proq narsa kutishgan edi», — dedi Kastanyo El Partidazo de COPE efirida.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, fransiyalik hujumchiga bu borada katta umid bog‘langan edi, chunki madridliklarning yana bir yulduzi Vinisius Juniorni «himoya qilish va unga ko‘z-quloq bo‘lib turish» kerak.













