Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Modrich faoliyatini yakunlash borasida fikrini o‘zgartirdi

Modrich faoliyatini yakunlash borasida fikrini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashriga ko‘ra, xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich «Milan» bilan shartnomasini uzaytirish istagida. Uning bu qaroriga faoliyatini majburiy ravishda erta yakunlash ehtimoli ta’sir qilishi mumkin — ochig‘ini aytganda, Modrich hali «Milan»da to‘yib o‘ynagani yo‘q va klubdagi faoliyatiga butunlay boshqacha tarzda nuqta qo‘ymoqchi.

U futbol bilan zambilda emas, balki butun umr ardoqlab kelgan va Zvonimir Bobanning o‘yinlarini ko‘rib ulg‘aygan «San-Siro» stadionining olqishlari ostida xayrlashishni xohlaydi. Shu bois, Modrich klub bilan kelishuvni uzaytirishga moyillik bildirmoqda. Albatta, agar yozgacha biror fors-major holat (masalan, jahon chempionatidagi yangi jarohat) sodir bo‘lmasa. Shu bilan birga, Italiya matbuoti ba’zida bo‘lganidek, shunchaki istakni haqiqat sifatida taqdim etishga urinayotgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Kiritildi: 13:19, 01.05.2026.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик