Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-1 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Saloh Jerrardga: «Sening Chempionlar ligasidagi g‘alabang menikidan ko‘ra uzoqroq eslanadi»

Saloh Jerrardga: «Sening Chempionlar ligasidagi g‘alabang menikidan ko‘ra uzoqroq eslanadi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Saloh TNT Sports ko‘rsatuvida Stiven Jerrard bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida misrlik futbolchi o‘zining «qizillar» bilan Chempionlar ligasidagi zafarini Stiven Jerrardning g‘alabasi bilan qiyosladi.

«Sening «Liverpul» bilan Chempionlar ligasidagi g‘alabang menikidan ko‘ra uzoqroq vaqt eslab qolinadi», — dedi Saloh tabassum bilan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Saloh bilan «Liverpul» finalda «Tottenxem»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Stiven Jerrard bilan esa jamoa 2005 yilda afsonaviy Istanbul finalida g‘olib chiqqan. O‘shanda mersisaydliklar birinchi bo‘limdan so‘ng 0:3 hisobida mag‘lub bo‘la turib, ikkinchi bo‘limdagi 6 daqiqa ichida 3 ta gol urishga va hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishgan. Yakunda «qizillar» penaltilar seriyasida zafar quchishgan edi.

Kiritildi: 08:41, 02.05.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик