Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Saloh: «Kloppning baxti kulgan edi, chunki hammamiz g‘alaba qozonishni istardik»

Saloh: «Kloppning baxti kulgan edi, chunki hammamiz g‘alaba qozonishni istardik»

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Saloh sobiq bosh murabbiy Yurgen Klopp qanday qilib «qizillar»dan barcha turnirlarda g‘oliblikka da’vogarlik qiladigan jamoa shakllantira olgani haqida gapirib berdi.

«Menimcha, u futbolchilarni boshqarishni bilardi, vaholanki bu juda qiyin ish. Tajriba orttirganing sari futbolchini boshqarish naqadar murakkab ekanini tushunib borasan. Kiyinish xonasida ham shunday — bizdagi kabi yulduzlar jamoasini birdek motivasiyada ushlab turish oson emas. Nazarimda, uning baxti kulgan edi, chunki hammamiz ishlashni, g‘alaba qozonishni xohlardik va u bizni majburlashiga hojat qolmasdi. Har birimiz buyuk natijalarga erishishni istardik. Bundan tashqari, futbolchilar o‘rtasida ajoyib aloqa bor edi», — dedi Saloh TNT Sports Football nashriga bergan intervyusida.

Yurgen Klopp boshchiligida «Liverpul» Angliya liga kubogi (ikki marta), Angliya superkubogi, mamlakat kubogi, APL, Chempionlar ligasi, UYEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 08:44, 02.05.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик