Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Klopp: «Sen bilan ishlash men uchun sharaf edi»

Klopp: «Sen bilan ishlash men uchun sharaf edi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Stiven Jerrard bilan suhbat davomida kutilmagan sovg‘a qabul qilib oldi. Jerrard suhbat chog‘ida Salohga jamoaning sobiq ustozi Yurgen Kloppning videomurojaatini namoyish etdi.

«Sen bilan birga ishlash men uchun katta mamnuniyat va sharaf bo‘ldi. Bu juda yoqimli edi — har daqiqada emasdir, lekin vaqtimizning katta qismida (kuladi). Esingdami, birga ishlashni boshlaganimizda men: "Kel, shunday ajoyib tarix yarataylikki, oradan 10, 15, 20 yil o‘tib ortga qaraganimizda, yuzimizda tabassum paydo bo‘lsin", degandim. Va hozir biz birga o‘tkazgan vaqtlar haqida o‘ylaganimda, yuzimda aynan o‘sha tabassum bor.

Men ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lganimdan juda xursandman va minnatdorman. Kelajakdagi ishlaringda senga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman. Oldinda hali yana bir necha yaxshi yillaring bor, shunday ekan, bu vaqtdan zavqlan. Ko‘rishguncha. Xayr!», dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2015–2024 yillarda «Liverpul»ni boshqargan va hozirda «Red Bull» tizimida faoliyat yuritmoqda.

Kiritildi: 08:57, 02.05.2026.
O'qildi: 1004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик