Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Islom Ahmedov: «Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman, barchasi xarakter ko‘rsatishdi»

Islom Ahmedov: «Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman, barchasi xarakter ko‘rsatishdi»

Baho:
+ | -

“Xorazm” – “Andijon” (0:3) o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.

— Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun shuncha uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimizga katta rahmat aytamiz. Shu bilan birga butun Andijon xalqini ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, qiyin o‘tishini bilardik. Sababi, sun’iy qoplamali maydonda biz hali bir marta ham mashg‘ulot o‘tkazmagandik. Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Barchasi xarakter ko‘rsatishdi, borini berib mehnat qilishdi va g‘alabaga erishdik.

— Sun’iy maydon qanchalik jamoangizning o‘yiniga ta’sir ko‘rsatdi?

— Natija tomonidan ijobiy bo‘ldi. Ammo, baribir qayerdadir o‘yin sifatiga ta’sir ko‘rsatdi. Chunki bunday maydonga moslashmaganmiz va shu bois yigitlarga biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Lekin shunga qaramasdan yigitlar oxirigacha kurashishdi va g‘alabani qo‘lga kiritdik.

— Endi chempionatda katta tanaffus bo‘ladi. Ungacha esa Kubok bahslari boshlanadi. Bu musobaqada jamoani maqsadi qanday?

— Har bir o‘yinga yuqori maqsad bilan chiqamiz, yo‘limiz shunda. Kubok o‘yini bo‘ladimi yoki chempionatmi, maksimal darajada kurashib, maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:51, 05.05.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик