Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 5-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Xyoness: «Men Laymerni qadrlayman, lekin u Keyn emas»

Xyoness: «Men Laymerni qadrlayman, lekin u Keyn emas»

Baho:
+ | -

«Bavariya» boshqaruv kengashi a’zosi Uli Xyoness himoyachi Konrad Laymer bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi. Avvalroq Germaniya grandi futbolchining yuqori moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emasligi haqida xabar berilgan edi.

«Konni — men juda yuqori baholaydigan o‘yinchi, lekin u Maradona ham, Keyn ham emas. U kabi futbolchilar, hatto juda yaxshi maosh olayotgan bo‘lsalar ham, ma’lum chegaralar borligini tan olishlari kerak», — dedi Xyoness DAZN nashriga bergan intervyusida.

Laymer 2023 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda 28 yoshli avstriyalik futbolchi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Laymerning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Transfermarkt portali futbolchini 32 million yevroga baholagan. Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 9 may kuni «Volfsburg»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:08, 05.05.2026.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик