Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Tarmoqda «Real» muxlislarining Mbappedan qutulish talabi yozilgan petisiyasi tez sur’atlar bilan ommalashmoqda

Tarmoqda «Real» muxlislarining Mbappedan qutulish talabi yozilgan petisiyasi tez sur’atlar bilan ommalashmoqda

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi muxlislari fransiyalik hujumchi Kilian Mbappeni jamoadan chetlatish talabi bilan onlayn-petisiya yaratishdi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, petisiya paydo bo‘lgan birinchi soatning o‘zidayoq 70 000 kishi unga imzo chekkan, vaholanki tashkilotchilar dastlab 50 000 tadan ko‘p bo‘lmagan imzo to‘planishini kutishgan edi. Hozirda petisiya ostida qoldirilgan imzolar soni 142 000 taga yetdi.

Avvalroq, «Real»dagi ko‘pchilik Mbappedan norozi ekani ma’lum bo‘lgan edi. Xususan, fransuz Vinisius Junior bilan bir vaqtda maydonga tushishni istamayotgani, o‘z maqomini suiiste’mol qilayotgani hamda mashg‘ulotlar jarayonida xodimlarga nisbatan mensimay munosabatda bo‘layotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 16:15, 05.05.2026.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик