«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritilgach, o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. Yarim finalda parijliklar «Bavariya» to‘sig‘idan o‘tishdi (5:4, 1:1).
«Bizga muxlislik qilgan va qayg‘urgan barchani tabriklayman. Jamoamiz natijasining bir qismi bo‘lishdan, o‘yinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishdan va shunchaki hozir turgan joyimda bo‘lishdan xursandman.
Butun bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlasak, xuddi o‘tgan yilgidek oson bo‘lmadi. Ammo, bir yil avvalgidek, biz yana Chempionlar ligasi finalidamiz», — deb yozdi Safonov o‘zining telegram kanalida.













