«Barselona»ning 25 yoshli ispaniyalik himoyachisi Erik Garsiya «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappeni NBAning «Oklaxoma-Siti Tander» jamoasi yulduzi, 27 yoshli kanadalik Shey Giljes-Aleksanderga o‘xshatdi.
ESPN FC nashrining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi Garsiya bilan bo‘lgan qiziqarli suhbatni e’lon qildi:
— Birorta futbolchini NBA o‘yinchilaridan biriga qiyoslay olasanmi?
— Mbappe — bu Shey Giljes-Aleksander.
— Nima uchun?
— Buni aytmay qo‘ya qolaman (kuladi), — dedi Garsiya.
Ma’lumot uchun, 2025 yilda NBAning «Eng qimmatli o‘yinchisi» (MVP) deb topilgan Shey Giljes-Aleksander ko‘pincha tanqidlarga uchrab turadi. Bunga sabab — uning o‘ziga ishlatilgan follarni «bo‘rttirib» ko‘rsatishi va shu orqali juda ko‘p jarima to‘plarini qo‘lga kiritishidir.













