Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Palinya bo‘yicha o‘z pozisiyasini o‘zgartirdi

«Tottenxem» Palinya bo‘yicha o‘z pozisiyasini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Palinya «Bavariya»dan «Tottenxem»ga doimiy asosda o‘tishi mumkin. Bu haqda Daily Mail Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «shporlar»ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi 30 yoshli xavbekni jamoada olib qolmoqchi. Ingliz klubida futbolchini 31 million yevroga sotib olish huquqi mavjud. Tomas Frank va Igor Tudor davrida Palinya «Bavariya»ga qaytarib yuboriladigandek tuyulgan edi, biroq De Dzerbi kelishi bilan vaziyat o‘zgardi.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» Palinyani o‘tgan yozda «Bavariya»dan ijaraga olgan edi. Yarim himoyachi «shporlar» tarkibida barcha turnirlarda jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:34, 08.05.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик