Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Yunayted» Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Manchester Yunayted» Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasida qolmoqda. Yaqinda fransiyalik futbolchi noxush voqea ishtirokchisiga aylandi: u jamoadoshi Federiko Valverde bilan mushtlashib qoldi va ushbu mojaro tafsilotlari ommaviy axborot vositalariga sizib chiqdi.

Ushbu voqeadan so‘ng 26 yoshli xavbekning jamoani tark etishi haqida mish-mishlar tarqala boshladi, biroq bunday ssenariyning amalga oshish ehtimoli hali ham past. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Tchuamenining o‘yiniga qoyil qoladi va uni o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshilaridan biri deb hisoblaydi. Lekin mankunianliklarning ushbu «orzudagi transferi» amalga oshishi amrimahol — «qaymoqranglilar» futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Transfermarkt portali Orelyen Tchuamenining qiymatini 75 mln yevroga baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 07:07, 09.05.2026.
O'qildi: 830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик