Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xau: «Nyukasl» so‘nggi o‘yinlarda g‘alaba qozonishni istaydi»

Xau: «Nyukasl» so‘nggi o‘yinlarda g‘alaba qozonishni istaydi»

Baho:
+ | -

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau mavsumning qolgan so‘nggi o‘yinlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bizning butun e’tiborimiz qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozonishga qaratilgan. Ushbu haftada yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Yigitlar a’lo darajada mashg‘ulot o‘tkazishdi, ularning kayfiyati va yondashuvi joyida», — deya Xauning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Mavsum yakunlanishiga uch tur qolganida «Nyukasl» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Biroq jadvaldagi zichlik shu darajadaki, jamoada yevrokuboklarga yo‘llanma olish uchun hali ham nazariy imkoniyatlar saqlanib qolgan. Qolgan bahslarda «Nyukasl» «Nottingem Forest», «Vest Xem» va «Fulxem» jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:21, 09.05.2026.
O'qildi: 443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик