Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Manchester Siti» «Brentford»ni mag‘lub etib, chempionlik poygasini qizdirdi

APL. «Manchester Siti» «Brentford»ni mag‘lub etib, chempionlik poygasini qizdirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qildi. Uchrashuv «shaharliklar»ning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida Jeremi Doku va Erling Xoland raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Omar Marmush uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Xosep Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 74 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Mavsum yakunishiga uch tur qolganda «Siti» peshqadam «Arsenal»dan atigi ikki ochkoga ortda qolmoqda.

«Brentford» esa 51 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy olgan.

«MANCHESTER SITI» — «BRENTFORD» — 3:0

Gollar: Jeremi Doku 60 (1:0), Erling Xoland 75 (2:0), Omar Marmush 90+2 (3:0).

«Manchester Siti»: Donnarumma, Ake, Gexi, O`Rayli, Mateus Nunes, Reynders (Marmush, 60), Silva, Sherki (Foden, 60), Doku (Savio, 90), Semenyo, Xoland.

«Brentford»: Kellexer, Ayer, Kollinz, Lyuis-Potter, Kayode, Xiki (Yanelt, 62), Yensen, Damsgor (Uattara, 69), Yarmolyuk (Xenderson, 79), Shade, Tiago.

Ogohlantirishlar: Silva (36), O`Rayli (74), Mateus Nunes (88), Marmush (90) — Ayer (80), Xenderson (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:29, 09.05.2026.
O'qildi: 1310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик