Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. «Yuventus» mehmonda «Lechche»ni mag‘lub etib, kuchli uchlikka qaytdi (Videosharh)

A Seriya. «Yuventus» mehmonda «Lechche»ni mag‘lub etib, kuchli uchlikka qaytdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 36-turi doirasida «Yuventus» safarda «Lechche» mehmoni bo‘ldi va kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv taqdirini 1-daqiqadayoq Dushan Vlaxovich tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida Vlaxovich va Pyer Kalyulyu tomonidan kiritilgan yana ikkita to‘p ofsayd sababli bekor qilindi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng turinliklar ochkolari sonini 68 taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Yuventus» ayni damda bitta kam o‘yin o‘tkazgan «Milan»ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Mag‘lubiyatga uchragan «Lechche» esa 32 ochko bilan musobaqa jadvalining 17-pog‘onasida bormoqda.

«LECHCHE» — «YUVENTUS» — 0:1
Gol: Dushan Vlaxovich 1 (0:1).
«Lechche»: Falkone, Zibert, Tiagu Gabriel, Gallo, Veyga (Xelgason, 70), Ramadani, Ngom (Jan, 62), Kulibali, Banda (N`Dri, 76), Pyerotti, Cheddira (Kamarda, 75).
«Yuventus»: Di Gregorio, Bremer, Kelli, Kambyaso (Jegrova, 83), Kalyulyu, Lokatelli, Kopmeyners, Makkenni (Gatti, 86), Kenan Yildiz (Boga, 83), Konseysau (Devid, 83), Vlaxovich (Xolm, 77).
Ogohlantirishlar: Jan (82) — Konseysau (80).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:56, 10.05.2026.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик