Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Dushan Vlaxovich «Yuventus» tarixidagi eng tezkor gollardan biriga mualliflik qildi

Dushan Vlaxovich «Yuventus» tarixidagi eng tezkor gollardan biriga mualliflik qildi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich «Lechche»ga qarshi kechgan bahsda o‘z ismini klub tarixiga yozdirib qo‘ydi. Serbiyalik hujumchi uchrashuvning 12-soniyasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Kambyazoning jarima maydonchasi markaziga uzatgan to‘pini Vlaxovich darvoza to‘sini ostiga joylab qo‘ydi. Opta statistik portalining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu gol «Yuventus»ning 2004/05 yilgi mavsumdan (batafsil statistika yuritila boshlangan davr) buyon qayd etgan eng tezkor uchinchi goli bo‘ldi.

Shu tariqa, Vlaxovich 2012 yilda «Inter»ga qarshi bahsning 18-soniyasida gol urgan Arturo Vidalning natijasini yangiladi. A Seriya tarixida faqat Rafael Leau (6-soniya) va Irving Losano (9-soniya) Vlaxovichdan tezroq gol urishga muvaffaq bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv «Yuventus»ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kiritildi: 07:30, 10.05.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик