Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Xoland «Manchester Siti»ning chempionlik imkoniyatlari va charchoq haqida to‘xtaldi

Xoland «Manchester Siti»ning chempionlik imkoniyatlari va charchoq haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 36-turida «Brentford» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland chempionlik poygasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng «shaharliklar» peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirishdi.

«Chempionlik imkoniyatlari? Agar sen «Manchester Siti»da o‘ynayotgan bo‘lsang, har kuni bosh sovrin haqida o‘ylaysan. Navbatdagi raqib — «Kristal Pelas» bilan o‘yin? To‘g‘risini aytsam, hozir boshqa o‘yinlar haqida o‘ylayotganim yo‘q, shunchaki juda charchaganman. Biz o‘yinlarga shunday tayyorgarlik ko‘ramizki, dastlabki ikki kun tiklanishdan boshqa narsani xayolga keltirmaymiz, keyin esa navbatdagi bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bizda jarayon mana shunday aylanma tarzda davom etadi», — deydi Xoland Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 07:50, 10.05.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик