Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Usmon Dembele bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«PSJ» Usmon Dembele bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele katta ehtimol Fransiya poytaxtidagi faoliyatini davom ettiradi. L’Equipe nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma imzolanishiga to‘liq ishonmoqda.

Kelishuvning asosiy shartlari allaqachon kelishib bo‘lingan. Faqatgina 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali sababli muzokaralarning yakuniy bosqichi biroz keyinga surilgan.

Ma’lumot uchun, Usmon Dembele 2023 yilda «Barselona»dan 50 million yevro evaziga «PSJ»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchining bozor qiymatini ayni damda 100 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:22, 10.05.2026.
O'qildi: 951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик