«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Brest»ga qarshi uchrashuv oldidan tarkib borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik mutaxassis bo‘lajak bahsda klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari maydonga tushishini tasdiqladi.
Murabbiy yosh futbolchilarning xatolari uchun haddan tashqari tanqid qilinishidan noroziligini yashirmadi.
«Tarkibda tarbiyalanuvchilar bo‘ladi. Umid qilamanki, yosh futbolchining yoki professional o‘yinchining xatosi xuddi avvalroq Pyer bilan sodir bo‘lganidek qattiq tanqidlarga sabab bo‘lmaydi. Men uchun bunday holatlarni kuzatish — falokat... Ertaga akademiya vakillari o‘ynaydi», — deydi Enrike Le Figaro nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Enrike jamoadagi jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi:
«Tibbiy hisobotda ko‘rsatilgan o‘yinchilarning hech birida jiddiy muammo yo‘q. Bunday tig‘iz va shiddatli o‘yinlardan keyin kichik jarohatlar bo‘lishi tabiiy hol, xavotirga o‘rin yo‘q».













